2-yanvar kuni nafaqat Toshkent viloyati Ohangaron tumani Ko‘ksaroy mahallasi uchun, balki voha va vodiy, shuningdek, butun O‘zbekiston aholisi uchun quvonchli voqea sodir bo‘ldi — Qamchiq dovonidagi yagona masjid, avtomagistral yo‘lning shundoqqina yuzida joylashgan “Islom nuri” jome masjidining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyat vakilligi xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyat vakilligi

Masjidni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ochib berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyat vakilligi

2013-yilda masjidni qayta qurish va ta’mirlash ishlari boshlangan edi. Masjid saxovatpesha homiylar hamda xalq hashari yo‘li bilan bitkazildi. Masjidda namozxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy tarzda qurilgan tahoratxona el xizmatiga shay.