Tatariston poytaxti Qozonda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ular Yangi yil oqshomida muxtor o‘lka prezidentining qarorgohiga kirib olishga uringanlikda ayblanmoqda, deb xabar beradi EADaily.
O‘zbekistonliklarning biri 41, ikkinchisi 44 yoshda. Ular Qozon Kremli panjarasidan o‘tgan paytda qo‘riqchilar tomonidan ushlandi.
Qo‘lga olinganlar mahalliy bozorda ishlashini, prezident qarorgohini tomosha qilish uchun kelganini aytmoqda.
Izoh (0)