Fotogalereya: Yevropaning eng oldi futbol klublari qanday samolyotlardan foydalanadi?
Yevropaning bir qator boy klublari o‘zining shaxsiy samolyotiga ega. Ular safar o‘yinlariga aynan o‘sha samolyotlarda parvoz qilishni afzal biladi.
Homiylar samolyotni ularning istak va xohishlariga qarab jihozlab berganini ko‘rish mumkin. “Championat.asia” nashri nomdor futbol jamoalari qanday rusumdagi samolyotlardan foydalanishiga oydinlik kiritdi.
“Real Madrid” — Airbus A380
Ispaniya grandi Fly Emirates kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi va futbolchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan samolyotni juda qadrlaydi.
“Milan” — Airbus A380
Fly Emirates o‘zi hamkorlik qiladigan ikki klubni ajratib o‘tirmagan. “Real”ga qanday layner berilgan bo‘lsa, milanliklar ham chetda qarab qolmagan.
“Arsenal” — Boeing 777-200 LA
Biroq “Arsenal” bundan mustasno. London klubi “Barselona” kabi Boeing samolyotidan foydalanadi. Rusum esa biroz boshqacharoq.
“Barselona” — Boeing 777-300ER
Kataloniya klubi Qatar Airways kompaniyasi bilan ishlashni afzal ko‘rgan. Qatarliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolangan. Bu vaqt davomida, tabiiyki, klub futbolchilari homiyga tegishli bo‘lgan laynerda parvoz qiladi.
“Manchester Siti” — Airbus A330-200
Etihad Airways bir chetda qarab turmay, Angliyaning nomdor jamoasi “Manchester Siti”ni otaliqqa olgan. Amirliklarga tegishli bo‘lgan bu kompaniya “Siti” ranglari bilan yaqqol ajralib turadi.
Izoh (0)