AQSh davlat kotibining jamoatchilik diplomatiyasi va jamoatchilik bilan aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Stiven Goldsteyn Eron hukumati fuqarolariga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi va ommaviy namoyishlar davrida internet-resurslarni bloklamasligi kerakligini ma’lum qildi, deb yozadi “MK.ru”.
Amerikalik diplomat bu saytlar muloqot qilishning qonuniy vositalari ekanligini ta’kidladi.
U, shuningdek, Tehronni fuqarolar bloklangan saytlarga kirishi uchun VPN-servislardan foydalanishiga ruxsat berishga chaqirdi.
Izoh (0)