Orenburg viloyatining Kurmanayevskiy tumanidagi turar-joyda yetti kishi o‘lik holda topildi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
“Halok bo‘lganlarning jasadlari 1-yanvar, dushanba kuni kechqurun topildi. Ulardan uch nafari bolalar”, — deya ma’lum qiladi vaziyat bilan tanish manba.
Uning so‘zlariga qaraganda, hodisa joyida huquqni muhofaza qilish organlari ishlamoqda. Odamlar o‘limi vaziyatlari aniqlanmoqda. Dastlabki taxmin — is gazidan zaharlanish.
Izoh (0)