Kataloniyaning “Barselona” klubi 2017-yil hisobida barchadan ko‘p ochko to‘pladi. Bunda kuchli beshlik milliy chempionatlari klublari orasidagi statistika inobatga olingan.
“Barselona” 365 kun davomida 102 ochko jamg‘arishning uddasidan chiqa oldi. Klub o‘tgan mavsum chempionlikni “Real”ga boyib berib qo‘ygan bo‘lsa-da, bu mavsum katta o‘sishga erishdi va La Ligada mag‘lubiyat alamini totib ko‘rganicha yo‘q.
Ikkinchi ko‘rsatkichni Neapolning “Napoli” klubi qayd etdi. Mauritsio Sarri jamoasi jami 99 ochko jamg‘arishning uddasidan chiqdi. Bungacha “Napoli” o‘zining 28 yillik ishini takrorlab, yangi yilga A seriya peshqadami sifatida yo‘l olgandi. Shuningdek, faqatgina “Napoli” 2017-yil davomida safar o‘yinlarini boy bermagan klub bo‘la oldi.
Izoh (0)