Fotograf Jimmi Nelson yulduzlar, modellar va mashinalardan ko‘ra teri yopingan, boshiga pat qadagan odamlarni suratga olishni yaxshi ko‘radi. U Chukotkadan Papua Yangi Gvineyagacha bo‘lgan yerlarni 3 yil aylanib, yo‘qolib borayotgan qabilalar vakillarini suratga oldi.
AdMe britaniyalik sayohatchi va fotograf Jimmi Nelsonning kam o‘rganilgan, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan kam sonli qabilalar haqidagi “Ular g‘oyib bo‘lishidan oldin” nomli fotoloyihasini taqdim etdi.Goroka, Papua Yangi Gvineya
Goroka Istern-Xaylends viloyatining poytaxtidir. Shahar atrofida yashaydigan tub aholi vakillari haligacha ruhlarga ishonadi va tabiat mo‘jizalariga topinadi.
Ularning asosiy quroli yoy va ramziy ma’noga ega tumorlardir.
Har yili bu yerda Goroka-shou o‘tkaziladi. Unda mintaqaning 100 dan ortiq qabilasi vakillari tomoshabinlarni raqslari, qo‘shiqlari va an’analari bilan tanishtirib boradi.Xuli, Papua Yangi Gvineya
Xuli qabilasi ovchilik bilan kun ko‘radi. Erkaklar asosan ov bilan shug‘ullansa, ayollar fermer xo‘jaligini yuritadi. Sayyohlar ular yaratgan bog‘-rog‘lardan hayratga tushadi.
Xuli erkaklari yuzini sariq, qizil va oq ranglarga bo‘yab, bu bilan raqiblarni sarosimaga solishga urinadi.
Qabilaning o‘ziga xos an’anasi o‘z sochlaridan parik yasashdir.Kalam, Papua Yangi Gvineya
Bu qabila erkaklari ham ovchilik bilan shug‘ullanadi, ayollari esa qishloq xo‘jaligida band.
Qabila bolalari voyaga yetgach, ularning burunlari teshiladi va yuzlarini bo‘yashga ruxsat beriladi.
Erkaklar badanini bezashda karkidon qushning tumshug‘idan yasalgan marjonshodalardan, turli bo‘yoqlar va patlardan foydalanadi.
Asaro, Papua Yangi Gvineya
Asaro mintaqaning eng sirli qabilalaridan biridir. Uning vakillari tanasini oq loy bilan qoplashi, maxsus sopol niqoblarda yurishi bilan mashhur.
Niqoblar papuaslarning ruhlar haqidagi tasavvurlariga monand: quloqlar, dandon tishlar, shoxlar, g‘ayritabiiy joylashgan og‘iz.Maori, Yangi Zelandiya
Maori an’anaviy san’atining asosiy yo‘nalishlari raqs, amaliy san’at, afsonalar, tatuirovka va muloqotdan iborat. Qabila vakilining ijtimoiy maqomi uning badaniga tushirilgan suratlarda aks etadi.
Xaka harbiy raqsi maorilarning eng mashhur an’analaridan biridir.
Maorilar turli xudolar va ruhlarga sig‘inadi. Ular ilohiy mavjudotlar qiyin pallalarda yordamga kelishiga ishonadi.Chukchalar, Rossiya
Chukcha qabilasi erkaklari ovchilik bilan shug‘ullanadi, shuningdek, shimol bug‘ularini parvarishlaydi, ayollari uy-ro‘zg‘or va tikish-bichish ishlari bilan band bo‘ladi.
Chukchalar suyaklar va morj tishlaridan o‘ymakorlik usuli bilan san’at asarlari yaratadi.
Chukchalarda mehmondo‘stlik va bag‘rikenglik eng muhim qadriyat hisoblanadi, shu bois bu olis sovuq o‘lkaga kelib qolgan sayyohlar ko‘chada qolib ketmaydi.Mustanglar, Nepal
Sobiq Lo qirolligi tarixiy, madaniy va diniy nuqtai nazardan Tibet bilan bog‘liq bo‘lsa-da, bugun Nepal tarkibidadir.
Mahalliy aholi vakillarining ko‘pchiligi bugungi kunga qadar dunyoning yassiligiga, kasalliklarni esa yovuz ruhlar keltirib chiqarishiga ishonadi.
Katta farzand mol-mulk merosxo‘riga aylanganida kenja farzand ibodatxona xizmatiga yuboriladi.Rabari, Hindiston
Bu qabila Hindistonga Erondan ming yillar muqaddam ko‘chib kelgan, degan qarash bor. Hozir u Gujorot va Rojaston viloyatlarida istiqomat qiladi.
Rabari erkaklari poda boqadi, ayollari esa tikuvchilik va uy ishlari bilan shug‘ullanadi.
Rabarilarning butun tanasi tatuirovka bilan qoplanadi.