“O‘zavtosanoat” AJda O‘zbekiston Prezidentining 1-dekabrda qabul qilgan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar berdi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zavtosanoat” va “Toshshahartransxizmat” AJ vakillari ishtirok etishdi.
“O‘zavtosanoat” AJ binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda kompaniyaning “SamAuto” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan pandusli LE60 rusumli avtobusi hamda GM Uzbekistan AJ tomonidan nogironlar uchun mo‘ljallangan maxsus moslamali Spark rusumli avtomobili taqdim etildi.
Yig‘ilganlar ushbu transport vositalarini keng ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ularni nogironligi bo‘lgan shaxslarning foydalanishlari uchun yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)