Navoiy viloyatida 2017-yilda 70 kishi fuqarolik pasportiga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Navoiy shahrida yashovchi bir oilaning birdaniga uch a’zosi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Shu munosabat bilan ularni viloyat hokimi Q.Tursunov tabrikladi.
“Bugun biz uchun unutilmas kun bo‘lib qoladi, — deydi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli 3-avtokorxona xodimi Sh.Sulaymonova. — Ikki yoshimdan buyon O‘zbekistonda yashayman, shu yerda unib-o‘sdim. Lekin fuqarolik pasportim yo‘qligi men uchun armon edi. Hayotimdagi eng katta orzularimdan biri ushaldi. Onam, men va akam O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘ldik”.
Sh.Sulaymonovaning onasi H.Melixonova ko‘p yillar hokimlik tizimidagi idoralarda ishlab, nafaqaga chiqqan. Farzandlarini yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalagan onaning ham quvonchi cheksiz. O‘g‘li U.Sulaymonov tadbirkor sifatida faoliyat yuritib, el-yurt farovonligi yo‘lida xizmat qilmoqda.
Izoh (0)