• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maktab direktorlarini urgan Sayxunobod hokimining ishi sudga oshirildi. U jarima to‘lashi ham, 15 sutkagacha qamalishi ham mumkin

    Maktab direktorlarini haqorat qilib, ularni urayotgani videosi tarqalib ketgan Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyevning ishi 28-dekabr kuni sudga yuborildi. Bu haqda, Sirdaryo viloyat prokuraturasiga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Xabar berishlaricha, hokim Egamberdiyevga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish, ya’ni, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish) va 183-moddasi (mayda bezorilik, ya’ni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish) bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘agan.

    Ma’muriy ish ko‘rib chiqilishi uchun 28-dekabr kuni ma’muriy ishlar bo‘yicha Sayxunobod tuman sudiga yuborilgan. “Endilikda tuman sudi hokimni 5 million so‘mdan ortiq miqdorda ma’muriy jazoga tortishi taxmin qilinyapti”, — deb yozadi “Kun.uz”.

    Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (“Haqorat qilish”) bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs eng kam ish haqining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorida jarimaga tortiladi, 183-modda (“Mayda bezorilik”) bo‘yicha esa aybdor eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.

    Hokim Nosirjon Egamberdiyev Sayxunobod tumanidagi maktablarning direktorlarini urayotgani aks etgan video sentabr oyi o‘rtalarida internet-nashrlar tomonidan e’lon qilingan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, direktorlar viloyatdagi Mustaqillik bayramiga yetarli miqdorda ishtirokchi olib kela olmagani uchun videoda ko‘rsatilgani kabi “jazolangan”.

    Video OAVda e’lon qilingan kuniyoq — 12-sentabrda Sayxunobod tumanida Sirdaryo hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Shu yig‘ilishda Egamberdiyev qilgan ishi uchun o‘qituvchilardan uzr so‘ragani xabar qilingan edi. “Yig‘ilishda ushbu vaziyat yuzasidan hali tegishli chora ko‘rilishi, u uzr so‘rash bilan qutula olmasligi qayd etib o‘tilgan”, — deyilgan edi dastlabki xabarlarda.

    O‘shanda “Kun.uz” nashrining manbasi “hokimning ishi paxta terimi mavsumidan keyin ko‘rib chiqilishi”ni, uning “ishda qolishi masalasi yuqoridan keladigan ko‘rsatmaga bog‘liq”ligini ma’lum qilgan edi. 13-sentabr kuni Bosh prokuraturadagi manba Egamberdiyevning harakatlari yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tekshiruv boshlaganini “Daryo”ga ma’lum qilgan edi.

    Mavzuga doir: Andijon shahri hokimi jarimaga tortildi. Maktab direktorlariga qo‘l ko‘targan Sayxunobod hokimi-chi?

    Sayxunobod hokimining masalasi qariyb “bosdi-bosdi” bo‘lib ulgurgan edi, biroq noyabr oyi o‘rtalarida Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev kollej direktorlarini haqorat qilgani bilan bog‘liq yangi mojaro yuzaga chiqdi. 26-dekabr kuni hokim Rahmatullayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha aybdor deb topilib, eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar berildi (biroq sud qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritilmagan).

    29.12.2017, 16:16   Izoh (0)   30525
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘ona shahriga kiruvchi “Vodiy-5” yo‘l-patrul posti olib tashlandi

    29.12.2017, 16:02

    “Sharq liboslari” maktab o‘quvchilarining yangi formasini taqdim etdi

    29.12.2017, 15:19

    “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi

    29.12.2017, 15:01

    30-dekabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

    29.12.2017, 14:28

    Manba: O‘zbekistonda Haj ziyorati uchun to‘lov 45 mln so‘mgacha oshirilgani haqidagi gap-so‘zlar asossiz

    29.12.2017, 14:07

    “O‘zavtosanoat”da nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus transport vositalari taqdim etildi

    29.12.2017, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Konate uchun “Liverpul”ga taklif tayyorladi

    Sport | 14 avgust, 13:35

    Germaniya Isroilga harbiy suvosti kemasi yetkazib beradi

    Dunyo | 14 avgust, 13:27

    Mobiuz’ni sotib olishga AQSH, Yevropa, Arab davlatlari qiziqish bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 13:09

    Tojikiston prezidentining qizi vazirlikda yuqori lavozimga tayinlandi — OAV

    Tojikiston | 14 avgust, 12:49

    Dunyoda birinchi marta is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 12:17

    Charlz Oliveyra Topuriya va Arman Sarukyan o‘rtasidagi ehtimoliy jang favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 14 avgust, 12:11

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy ta’lim olish uchun chet elga borishga da’vat etuvchi reklamalarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.