12 yoshli Nodirbek Abdusattorov Osiyoning 2017-yildagi eng yaxshi yosh shaxmatchisi deb topildi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Amirliklarning Al-Ayn shahri Osiyo shaxmat federatsiyasining yillik sammitiga mezbonlik qilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida 4nd Annual Asian Chess Excellence Awards taqdirlash marosimi ham o‘tkazilgan.
Nodirbek Abdusattorov ayni vaqtda dunyoning eng yosh grossmeysteri bo‘lib turibdi. U grossmeysterlik talablarini bajarish bobida yosh ko‘rsatkichi borasida eng yaxshi ikkinchi natijani qayd etgan shaxmatchi hisoblanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga “Osiyoning eng yaxshi yoshlar jamoasi” sovrini topshirilgan.
Izoh (0)