Suriya va Iroqda IShID terrorchilik guruhining mingga yaqin jangarilari qolmoqda. Bu haqda Amerika quruqlikdagi qo‘shinlari polkovnigi Rayan Dillon ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. U ushbu arab mamlakatlarida AQSh rahbarligidagi davlatlar guruhi tomonidan olib borilayotgan Inherent Resolve (“Mustahkam qat’iyat”) operatsiyalari shtabi rasmiy vakilidir.
“Bizning so‘nggi hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bir mingga yaqin jangarilar hamon Iroq va Suriyada qolmoqda”, — dedi ofitser.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koalitsiya kuchlari hozirda tarqoq bo‘lib qolgan ekstremistlar guruhlarining kutilmagan hujumlarni amalga oshirishga urinishlari oldini olishga bor e’tiborini qaratmoqda.
Avvalroq Dillon Iroq va Suriyada IShID bosib olgan hududlarning 98 foizini ozod etishga muvaffaq bo‘linganini aytgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)