Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklarni o‘rganish maqsadida Telegram orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qila boshladi, deb xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.
Viloyati aholisi Telegram messenjerida +998 (97) 350-18-47 raqami orqali o‘z murojaatlarini viloyat hokimiga yo‘llashi mumkin.
“Yo‘llangan murojaatlar, albatta, o‘rganib chiqiladi va ularni yechish yo‘llari izlanadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)