O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etish uchun 26-dekabr kuni Rossiyaga yetib keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyevni Moskva shahridagi “Vnukovo-2” aeroportida Rossiya Federatsiyasi rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.
Norasmiy majlisda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova va Tojikiston rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.
Izoh (0)