O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining uchta boshqarmasi boshliqlari o‘z lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Vazirlikning soliq va bojxona tarif siyosati boshqarmasi boshlig‘i Irina Golisheva, buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i Sharafutdin Haydarov, shuningdek sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi boshlig‘i Akmal Abdullayevlar o‘z lavozimidan ozod etilgan.
Xabarda qayd etilishicha, vazirlik kadrlar bilan ishlash boshqarmasi internet nashrlarda chop etilgan bir kunda 50 nafar xodim ishdan bo‘shatilgani haqidagi xabarni inkor etgan. Boshqarma vakilining ta’kidlashicha, yaqin kunlarda vazirlikning yana bir necha xodimi ishdan bo‘shatilishi mumkin.
22-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev moliya vazirligini tanqid ostiga olgan edi. Prezident moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga vazirlikni “kalamushlar”dan tozalashga o‘n kun vaqt bergan edi.
Izoh (0)