Google qidiruv tizimi AQShning 2017-yildagi eng mashhur avtomobil markalari ro‘yxatini e’lon qildi. “Motor”ning yozishicha, reyting eng ko‘p qidirilgan so‘rovlar asosida tuzib chiqilgan. Ro‘yxatdan 10 kompaniya o‘rin olgan.
O‘tgan yil bilan taqqoslaganda, reyting sezilarli o‘zgargan. Ro‘yxatdan, masalan, Bentley, Maserati, Lamborghini va Rolls-Royce kabi juda qimmat premium va sport markalari tushib qolgan. Ayni vaqtda, Kia va Hyundai koreys brendlari reytingdan joy olgan — 2016-yilgi ro‘yxatda ular yo‘q edi.
Google’da 2017-yili eng ko‘p qidirilgan avtomobillar
- Ford
- Lexus
- Kia
- Toyota
- Honda
- Buick
- Acura
- Tesla
- Hyundai
- Dodge
Izoh (0)