Chechenistonda teraktlar amalga oshirishni rejalashtirgan ekstremistlarning kirib kelishiga hozirlik ko‘rilmoqda. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
“Bizda Chechenistonga teraktlar sodir etish uchun jo‘natilgan bir necha shaytonlar haqida ma’lumotlar bor. Ular hozir Gruziyaga borib yetgan. Ularni kutyapmiz, chegaradan o‘tishi bilan qo‘lga olamiz yoki yo‘q qilamiz”, — dedi Qodirov.
Ramzan Qodirovga ko‘ra, barcha yo‘nalishlar, kirish va chiqishlar to‘liq nazorat qilinmoqda.
“Chunki ular bizgacha yetib kelsa, chindan ham jinoyat yoki terakt sodir etadi. Shu sababli ular qayerdaligi va nima bilan mashg‘ul ekanligini oldindan bilishimiz kerak”, — ta’kidladi Checheniston rahbari.
Izoh (0)