24-dekabr, yakshanba kuni Qohiradan shimolda Misr politsiyachilari to‘qqiz jangarini yo‘q qildi, deb yozadi “TASS”.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylarga Sharqiya viloyatidagi fermaga joylashib olgan terrorchilar guruhi haqida axborot kelib tushgan, u yerda huquq-tartibot organlari xodimlariga va harbiylarga hujumlar uyushtirish uchun yuk ortish va tushirish bazasini tashkil qilgan.
Qo‘lga olish vaqtida ekstremistlar tartib posbonlarini o‘qqa tutdi va javob o‘ti bilan yo‘q qilindi. Otishma joyidagi tintuv chog‘ida bir nechta avtomatik vintovka va ularning o‘q-dorilari topildi.
Bundan tashqari, Qohira viloyatidagi reydlar davomida yana to‘qqiz ekstremistni qo‘lga olishdi. Ular Sinay yarim oroli shimolida va mamlakatning boshqa hududlarida, shu jumladan, poytaxtda kuch tuzilmalariga nisbatan amalga oshirilgan bir qator hujumlarga aloqadordir.
Izoh (0)