Isroil moliya vazirligi qora bozordagi operatsiyalarga qarshi kurash doirasida o‘z kriptovalyutasi — elektron shekelni muomalaga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Elektron shekel naqd pullarga muqobil bo‘lishi, tranzaksiyalar banklar vositachiligisiz iste’molchilar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilishi ko‘zlanmoqda. U bitkoinga butkul o‘xshash bo‘lmasligi, qiymati bo‘yicha mavjud milliy valyutaga teng bo‘lishi va o‘z oldiga mamlakat pul tizimini o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘ymagani bildirilmoqda.
Elektron shekellarni banklar, bankomatlar yoki mijozlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari orqali olish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)