Turkiyaning turli vazirlik va idoralaridan jami 2,7 mingdan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tegishli farmonga muvofiq, jumladan, 637 harbiy xizmatchi, jandarmeriya bosh boshqarmasining 400 dan ortiq xodimi, din ishlari boshqarmasining 341 xodimi bo‘shatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 2016-yil iyulidagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng favqulodda holat amal qilmoqda. Bu davrda hukumat qabul qiladigan farmon qonun kuchiga ega bo‘ladi. Gap aynan shunaqa farmon haqida ketmoqda.
Izoh (0)