24 dekabr — Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga saylov kuni munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda xalq deputatlari tuman kengashlariga saylov birinchi marta o‘tkazilmoqda. Bunga qadar poytaxtda xalq deputatlari tuman kengashlari yo‘q edi. Ularning tashkil etilishi fuqarolarga tumanlar boshqaruvida o‘zlari saylagan vakillar orqali ishtirok etish imkonini beradi.
Ovoz berish uchun 330 saylov okrugi va 855 saylov uchastkasi tashkil etilgan. Saylovchi qaysi uchastkada ro‘yxatga olinganini Markaziy saylov komissiyasi saytidan aniqlash mumkin.
Izoh (0)