AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden va “Matbuot erkinligi” amerika jamg‘armasi smartfonni kuzatuvlardan himoya qiluvchi tizimga aylantiruvchi mobil dasturni taqdim etdi. Bu haqda “Hi-tech Mail.ru” xabar berdi.
Haven nomli dastur qimmat bo‘lmagan Android smartfonlarga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Yaratuvchilarning fikricha, telefonning egasi qurilmani uyida yoki mehmonxonadagi xonasida qoldirishi kerak. Haven yordamida qurilma yashirin video va audio yozuvni amalga oshiradi hamda ularni o‘z egasiga yuboradi.
Snoudenning fikricha, dastur foydalanuvchilarga kimdir xonada tintuv o‘tkazgani yoki eshitish qurilmalarini o‘rnatganini bilishga imkon beradi.
Bundan tashqari, dastur smartfonga ruxsatsiz kirishga yoki josuslik dasturlarini o‘rnatishga urinishlarni ham qayd etadi va bu haqda qurilmaning egasiga xabar beradi.
Izoh (0)