Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari ikki qiruvchi samolyoti bortida bosh vazir Tereza Mey bo‘lgan samolyotni “tutdi”. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hukumat rahbari Kiprdan qaytayotib, uning samolyoti Buyuk Britaniya havo hududiga kirganda qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarilib, uni tutib qolishni amalga oshirgan.
The Telegraph’ning yozishicha, ikki “Tayfun” bortida Mey bo‘lgan samolyotga yaqinlashib, qanotlarini tebratgan. Bu esa ularning orqasidan uchish talabini anglatadi.
Britaniya OAVining ma’lum qilishicha, bu o‘quv mashg‘ulotlari uchuvchilarning Birlashgan Qirollik havo hududiga kiruvchi samolyotlar, jumladan, Rossiya bombardimonchi samolyotlarini tutish sohasida amaliy tajriba olishiga qaratilgan.
Mey qiruvchi samolyotlar ekipajlarining harakatlarini “ajoyib va zo‘r taassurot qoldiruvchi” deb atadi.
Izoh (0)