Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga murojaatida mamlakatning investitsiya jozibadorligini oshirish, xorijiy sarmoyalar va chet ellik sayyohlarni keng jalb etish O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalarining asosiy vazifalaridan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi, deb xabar beradi O‘zA.
“Barcha elchilar eshitsin, Yangi yildan boshlab ish uslubi o‘zgaradi. Agar har haftada investitsiya bo‘yicha aniq takliflarni bermasa, O‘zbekistonga hech bo‘lmaganda 10 nafar turist jo‘natmasa, bunday elchi bizga kerak emas. Sayyohlik ham investitsiya. Tashqi ishlar vaziri haftada ikki marta elchilar bilan gaplashib, nechta sayyoh keladi, qanday investitsiya kiritiladi, elchi qaysi zavodlarga bordi, qaysi mahsulotlar arzon, qanday texnologiya olib kelsa bo‘ladi, mana shularni muhokama qilishi kerak”, — dedi Prezident.
Videokonferensiya aloqa shaklida o‘tgan majlisda O‘zbekistonning butun dunyodagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ham qatnashdi.
Izoh (0)