Quyi Chirchiq tumanida 8-dekabr kuni soat 21:30 da 1978-yilda tug‘ilgan A.K uyi oldida 1978-yilda tug‘ilgan O.X bilan o‘zaro janjallashib qoldi, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.
A.K O.Xning bosh qismiga qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazdi.
Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. O.Xning olgan jarohati hayoti uchun xavfli bo‘lgan bosh miya og‘ir jarohati ekanligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan A.Kga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergovni IIB olib bormoqda.
Izoh (0)