Meksikaning Janubiy Quyi Kaliforniya shtati, Los-Kabos kurort zonasi yaqinidagi ko‘priklarga 6 kishining jasadi osib qo‘yildi. Bu haqda Mexico News Daily nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Jasadlar uchta ko‘prikka osilgandi. Politsiya ularda odatda narkokartellar a’zolari qoldiradigan belgilarni aniqladi. O‘ldirilganlarning barchasi erkaklar bo‘lgan.
Bu Meksikaning turizm rivojlangan shtatida zo‘ravonlik avj olgani bilan bog‘liq birinchi holat emas. Oktabrda Janubiy Quyi Kaliforniyada jinoyatchilar hujumi oqibatida bir kunda 9 kishi o‘ldirilgandi.
Izoh (0)