Qirg‘izistonning Air Manas aviakompaniyasi Bishkek – Toshkent – Bishkek reysi ochilganini e’lon qildi. Reyslar 2017-yilning 23-dekabridan 2018-yilning 24-martiga qadar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Parvozlar jadvali (uchish va qo‘nish mahalliy vaqtda ko‘rsatilgan):
- Bishkek – Toshkent — 12:30 – 12:30;
- Toshkent – Bishkek — 14:00 − 16:05.
Ayni paytda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi haftasiga ikki marta Toshkent – Bishkek reyslarini amalga oshirib kelmoqda.
Izoh (0)