Mobil qurilmalar uchun aksessuarlar savdosi bilan shug‘ullanadigan Mobilefun internet-do‘koni Samsung’ning yangi flagmanlari uchun g‘iloflarni sotishni boshladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Bu asosiy detal — qo‘sh kamerani fosh qildi.

Galaxy S9+. Foto: Hi-Tech Mail.Ru

G‘iloflarning suratlariga ko‘ra, qo‘sh kamera faqat Galaxy S9+ modelida bo‘ladi, oddiy S9 esa bittalik kamera moduliga ega bo‘ladi.

Galaxy S9. Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Flagman yangi Galaxy A8 va A8+ smartfonlariga o‘xshash bo‘ladi. Barmoq izi skanerini asosiy kamera pastiga joylashtirishdi. Tasvirlardan romlar kichiklashgandek ko‘rinadi. Bundan boshqa jihatlar bo‘yicha qurilma S8 ni eslatadi.

Smartfon fevral oxirida taqdim etilishi kutilmoqda.