15-dekabr kuni Microsoft kompaniyasi ikki ekranli noma’lum gadjetning buklama mexanizmi qanday ishlashi sxemasini ko‘rsatib beruvchi patentni oldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Ehtimol, bu uzoq kutilgan Surface Phone smartfoni yoki Andromeda kodli nomiga ega maxfiy planshet-elektron kitob bo‘lishi mumkin. Avstriyalik dizayner Devid Breyer yangi gadjet haqida tarqalgan gap-so‘zlar asosida konseptlarni yaratdi.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Gadjet zamonaviy noutbuk tamoyili bo‘yicha ishlaydi. Faqat pastki qismida klaviatura o‘rniga, yana bitta displey bo‘ladi. Ochiq holatida ikkita ekran birlashib, bitta katta ekran effektini hosil qiladi. Shuningdek, gadjet tomonlarini boshqa tarafga burib, uni stolga qo‘yish ham mumkin.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Qurilmani har qanday tomonga burish mumkin, masalan, buklangan holatda displeylar tashqari tomonda qolishi mumkin, shunda u oddiy smartfon ko‘rinishini oladi.