Samarqand shahrida joylashgan harbiy shaharchaning sport maydonida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan viloyat yoshlari uchun “Armiya va yoshlar” nomli harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Festival doirasida zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlarining konsert dasturlari havola etilib, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi usullari va viloyat mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv-texnik sport klublarining chiqishlari namoyish qilindi.
“Besh mingga yaqin yoshlar ishtirok etgan festival o‘quvchilarda katta taassurotlar qoldirdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)