Markaziy Osiyo davlatlariga jiddiy iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishi zarur. Bu haqda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqarmasi bosh iqtisodchisi Gans Timmer ma’lum qildi, deb xabar beradi 1News.
Timmerga ko‘ra, O‘zbekiston o‘simlikshunoslikni rivojlantirishi lozim, qishloq xo‘jaligiga esa kreditlar, teng sharoitlar va yangi texnologiyalarni joriy etishda yordam kerak.
“O‘zbekistonga Uber kabi traktor va boshqa qishloq xo‘jalik texnikasi ijarasi tizimi foydali bo‘lishi mumkin”, — dedi Jahon banki eksperti.
Izoh (0)