O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiya 15-dekabr kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi iqtisodiy kengashining 76-majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda MDH doirasida iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari, shu jumladan, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilinadi.
Izoh (0)