Orion kompaniyasi KXDRdan Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan harbiy xizmatchi O Chxun Songa uni bir umrga yetadigan Choco Pie pechenyesi zaxirasi bilan ta’minlashga va’da berdi, deb yozadi Afisha Daily.
O Chxun Son Janubiy Koreyaga noyabr oyida qochib o‘tgan edi. Qochish paytida sobiq xizmatdoshlari unga qarata o‘t ochgan. Askar oltita joyidan jarohatlangan, shunga qaramay chegarani kesib o‘ta olgan.
O Chxun Son Janubiy Koreyada operatsiyadan chiqqach, shifokorlardan Choco Pie so‘ragan. Ammo shifokorlar bunga qarshilik bildirib, organizmi qayta tiklanishi uchun unga qat’iy parhez zarurligini aytgan.
Choco Pie ishlab chiqaradigan Orion kompaniyasi O Chxun Sonning istagidan xabar topgach, kasalxonaga 100 quti pechenye jo‘natdi. Askar tuzalib ketgunicha, ularni shifoxona xodimlariga tarqatib turishadi.
Shimoliy Koreyada Choco Pie’ni faqat qora bozorda sotib olish mumkin, pechenye mamlakatda rasman sotilmaydi.
Izoh (0)