15-dekabr kuni Toshkent shahridagi yettita masjidda Muhammad payg‘ambar (s.a.v) tavallud topgan oy munosabati bilan mavlidi sharif o‘qiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy – Robi’ul avval oyi munosabati bilan islom dunyosida, xususan yurtimizda Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamning ulug‘ nasablari, pok fitratlari, ibrat va hikmat to‘la muborak hayotlarini tarannum etguvchi mavlidi sharif o‘qilishi ezgu an’anaga aylangan”, — deyiladi xabarda.
Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Juma namozi oldidan mavlidi sharif o‘qiladi:
Uchtepa tumani:
1.“Aziz ota” jome masjidi.
2.“Mahkam ota” jome masjidi.
Yunusobod tumani:
3.“Omina” jome masjidi.
Shayxontohur tumani:
4.“Sulton hoji” jome masjidi.
Chilonzor tumani:
5.“Bo‘rijar” jome masjidi.
6.“Ko‘zi ojizlar” jome masjidi.
Yashnobod tumani
7.“Imom A’zam” jome masjidi.
Izoh (0)