Rossiya harbiy aviatsiyasi va Markaziy harbiy okrug amfibiya-mashinalari “Soyuz MS-05” transport boshqariluvchi kema qo‘nishini ta’minlash uchun Qozog‘iston tezkor aerodromiga ko‘chirildi. Kema qo‘nishi 14-dekabrga rejalashtirilgan. Bu haqda okrug matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Qo‘nishni ta’minlashga 12 ta Mi-8 vertolyoti, uchta An-26 va ikkita An-12 samolyoti, shuningdek, 18 ta avtotexnika, jumladan qidiruv-qutqaruv amfibiya-mashinalari jalb etilgan. Operatsiyada shaxsiy tarkibning 200 dan ortiq odami, jumladan, Markaziy harbiy okrug harbiy shifokorlari jamoasi ishtirok etadi. Texnika Qozog‘iston Respublikasi tezkor aerodromiga ko‘chirilgan”, — deya ta’kidlanadi matbuot xizmat xabarida.
14-dekabr kuni rossiyalik kosmonavt Sergey Ryazanskiy, NASA va ESA astronavtlari Rendolf Breznik va Paolo Nespolidan iborat xalqaro ekipaj Yerga qaytadi.
Izoh (0)