Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkentdagi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
O‘zAning xabar berishicha, Jeenbekov O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ygan.
“Buyuk davlat arbobining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi”, — deb yozadi O‘zA.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti So‘ranbay Jeenbekov 13-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga keldi.
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)