Avstriyaning Ashax-an-der-Donau kommunasida (YuqoriAvstriya federal yeri) joylashgan kraxmal ishlab chiqaruvchi zavodda kislota sizishi ro‘y berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, zavod xodimlari nafas yo‘llaridagi muammodan noliy boshlagan. Birozdan so‘ng muammo yalpi tusga kirib, o‘nlab odamlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri kelgan.
Voqea oqibatida 40 jabrlandi. Ularning o‘nga yaqini og‘ir ahvolda.
Voqea sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)