Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaqin haftalar ichida Samsung Galaxy A lineykasidagi ikkita yangi smartfon taqdim etilishi kutilmoqda, ammo A8+ (A8 ning kattalashtirilgan versiyasi)ni “jonli” videoda barcha detallari bilan birga hoziroq tomosha qilish mumkin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Samsung ushbu romsiz arzon smartfonni hali rasman namoyish etmagan bo‘lsa-da, Galaxy A+ (2018) 3 daqiqali videoda namoyon bo‘ldi, unda qurilmani har tomondan tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari, video muallifi smartfonning barcha xususiyatlarini oshkor qildi.

Qurilma 6 dyuymli va 2220×1080 pikselli AMOLED full HD Infinity ekrani, Samsung Exynos 7885 protsessori, 6 Gb tezkor va 64 / 256 Gb doimiy xotira, 16 megapikselli asosiy hamda 16 va 8 megapikselli qo‘sh old kamera, 3500 mA/soat sig‘imli akkumulyator (tezkor zaryad olish funksiyasi bor)ga ega bo‘ladi.

Smartfon suv va changdan himoya bo‘yicha IP68 sertifikatini oldi. Unda barmoq izi datchigi orqa panelda joylashgan.

Xabarlarga ko‘ra, Galaxy A+ (2018) dekabr oxiridayoq ko‘pchilik mamlakatlarda sotuvga chiqadi, uning narxi 600 dollarni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...