Poytaxtda yaqin vaqt ichida yangi oliy o‘quv yurti — Toshkent davlat geologik razvedka universiteti ochiladi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
Oliygoh geologiya bo‘yicha xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlaydi.
Bugungi kunda ushbu sohada mutaxassislar yetarli emasligi tufayli mazkur universitet tashkil etilmoqda.
Birinchi talabalarni oliygoh kelasi yili qabul qilishi kutilmoqda. 2018/2019-o‘quv yilida O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik instituti geologiya yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilish to‘xtatiladi.
Izoh (0)