Saudiya Arabistonida ilk kinoteatrlar 2018-yil martidan ishga tushiriladi. Bu haqda qirollik madaniyat va axborot vaziri Avvad al-Avvad bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Bunga qadar mamlakatda ko‘ngilochar mashg‘ulotlar taqiqlangan edi. Kinoteatrlar ham 1980-yillar boshida yopilgan edi.
“Audiovizual media bo‘yicha bosh komissiya kinoteatrlarga litsenziya berish jarayonini boshlaydi, biz birinchi kinoteatrlar 2018-yil martida ochilishini kutmoqdamiz. Kinoteatrlar ochilishi iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot diversifikatsiyasiga turtki bo‘ladi”, — dedi vazir.
Izoh (0)