National Geographic 2017-yilning eng yaxshi suratlarini tanlab oldi (foto)
National Geographic nashri 2017-yilda o‘zining dunyoning turli burchaklaridagi mualliflari olgan 57 ta eng yaxshi fotosuratni tanlab oldi, deb yozadi TJournal. Hakamlar hay’ati 88 nafar fotosuratchining 2 millionga yaqin suratlarini qarab chiqdi. Ularning ba’zilarini ushbu fotogalereyada tomosha qilishingiz mumkin.
Kulrang kit Meksikadagi sayyohlar yoniga suzib bordi. Foto: National Geographic
Yamal Nenetslari muxtor okrugidagi qizcha. Foto: National Geographic
Shimoliy Keniyadagi qo‘riqxonada yetim fillarni oziqlantirish jarayoni. Foto: National Geographic
Nepallik 90 metr balandlikda asal yig‘moqda. Foto: National Geographic
Janubiy Afrikada bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi mushtlashish jangi. Foto: National Geographic
Avstraliyalik ovchilar va o‘ldirilgan timsoh. Foto: National Geographic
Shotlandiyaning Loxkarron shahridagi bug‘ular makoni. Foto: National Geographic
Perulik jo‘xori-qulupnayli pivo ichmoqda. Foto: National Geographic
Toronto universiteti psixologi infraqizil spektroskopiya yordamida odamlarda yolg‘on rivojlanishini o‘rganmoqda. Foto: National Geographic
Ikkita dengiz iguanasi Fernandina orolidagi iguana mumiyosi yonida. Foto: National Geographic
Sietldagi avtoko‘prik ostidagi boshpanasizlar va giyohvandlar. Foto: National Geographic
Eslatib o‘tamiz, saylanmaga O‘zbekistonda olingan suratlar ham kirdi. Xususan, yozuvchi Mark Sinnott O‘zbekistondagi Boysuntov tizmasiga ko‘tarilayotgani (muallif Robbi Shoun) hamda toshkentlik aka-ukaning bir kunda bo‘lib o‘tayotgan to‘yi (muallif Jon Stenmayer) aks etgan fotosuratlar ham bor.
Izoh (0)