Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaroning uyiga ochiq qolgan eshigi orqali noma’lum shaxslar kirib, 25 million so‘mni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Guliston” MFY da yashovchi ikki shaxs sodir etganligi aniqlanib, ular qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)