AQSh janubi-g‘arbidagi San-Diyego shahrida (Kaliforniya shtati) Beechcraft Bonanza markasidagi samolyot turar-joylardan biriga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jabrlandi. Bu haqda 10-dekabr, yakshanba kuni CBS telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Samolyot bortida to‘rt kishi bo‘lgan. Uchuvchi Montgomeri Fild aeroportidan parvoz qilgandan so‘ng dvigatel ishlamay qolganligi haqida xabar qilgan, shundan so‘ng ortga qaytishga uringan. Samolyot katta tezlikda qo‘nishga erishgan, biroq avariyaning oldi olinmagan.
Telekanalning ta’kidlashicha, hodisa yuz bergan paytda turar-joyda yashovchilar unda bo‘lmagan. AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi va Transport xavfsizligi bo‘yicha milliy kengash hodisa yuzasidan surishtiruv olib boradi.
Izoh (0)