Sidney (Avstraliya) metropolitenining Wynyard stansiyasida yo‘lovchilar boshi uzra osilib turuvchi cheksizlik halqasiga o‘xshash Interloop installyatsiyasi ochildi, deb xabar berdi TJournal.
Og‘irligi 5 tonna keladigan konstruksiya ushbu metroda ishlagan eski eskalator qismlaridan yig‘ilgan. Installyatsiyani Sidney universitetining arxitektura professori Kris Foks yaratdi.
Birinchi yog‘och eskalator stansiyaga 1931-yilda o‘rnatilgan. Keyinroq u zamonaviy po‘lat eskalatorlarga almashtirilgan.
Izoh (0)