Volkswagen korporatsiyasining Rossiyadagi rasmiy vakolatchisi — “Folksvagen grup rus” MChJ 30777 ta Polo Sedan avtomobillari chaqirib olinishini ma’lum qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Gap 2015–2017-yillarda sotilgan mashinalar haqida ketmoqda. Starter relesining uzunligi yetarli emasligi bunga sabab qilib ko‘rsatilmoqda — bu nosozlik mashinani o‘t oldirishga xalaqit berishi mumkin.
Polo Sedan egalari mustaqil ravishda avtomobil VIN-kodini “Rosstandart” agentligidagi ro‘yxat bilan tekshirib, ularning mashinasi qaytarib olinish-olinmasligini bilishi mumkin.
Izoh (0)