Scuba Diving Magazine jurnali professional dayverlar va oddiy suratkashlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, har yili tashkillashtiriladigan Through Your Lens suv osti suratlari tanlovining g‘olibini aniqladi. Tanlovning bosh mukofoti — 1000 dollar va Fiji oroliga yo‘llanma. TravelAsk ushbu tanlovda qatnashgan eng yaxshi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Raoul Caprez, “Makrosurat” kategoriyasi g‘olibi
Suratda yashil toshbaqa ko‘zidagi kichkina baliq tasvirlangan.
Greg Lecoeur, joriy yilning Through Your Lens tanlovi g‘olibi
Suratda dengiz qushining skrumbiyani (dengiz balig‘i) ovlayotgani tasvirlangan.
Kevin Richter, “Qulay kamera” kategoriyasi g‘olibi
Lembex (Indoneziya) oroli yaqinidagi dengiz tubida yashovchi sakkizoyoq
Rodney Bursiel, “Keng burchakli surat” kategoriyasi g‘olibi
Tonga qirg‘oqlaridagi kitning bolasi
Jens Troeger, “Keng burchakli surat” kategoriyasi bo‘yicha 3-o‘rin
Xornbi (Britaniya Kolumbiyasi, Kanada) oroli yaqinidagi suvlarda suzib yurgan shalpangquloq tyulenlar
Eduardo Acevedo, “Makrosurat” kategoriyasi bo‘yicha 2-o‘rin
Kamalaksimon Rhinomuraena quaesita
Marc Henauer, “Keng burchakli surat” kategoriyasi bo‘yicha 2-o‘rin
Bagam orollari atrofida suzishni yaxshi ko‘ruvchi g‘avvos
Gabriel Barathieu, “Makrosurat” kategoriyasi bo‘yicha 3-o‘rin
Suv ostidagi kalmarning tunda ko‘rinishi
Izoh (0)