Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tgan Ukrainaning “Shaxtyor” klubi bosh murabbiyi Paulo Fonseka “Siti”ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumaniga Zorro kiyimida tashrif buyurdi.
“Shaxtyor” Gvardiola va “Manchester Siti”ni to‘xtatdi. Italiya chempionligi uchun da’vogar “Napoli” aut holatida
Portugaliyalik mutaxassis Hellouin bayrami vaqtida agar uning jamoasi “Manchester Siti”ni taslim qilsa, matbuot anjumaniga Zorro kiyimida tashrif buyurishga va’da bergandi. Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “Shaxtyor” futbolchilari bu ishning uddasidan chiqib, Gvardiola shogirdlarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.Ayni paytda 44 yoshli murabbiyning quvonchi cheksiz. Chunki “Shaxtyor” Italiya A seriyasi chempionligi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan “Napoli”ni guruhda qoldirib ketdi.
Izoh (0)