Samarqand viloyatida oila qurayotgan yoshlarning oilaga bo‘lgan jiddiy munosabatini shakllantirish, oilaning mustahkamligida er-xotinning inoqligi xususida tushuntirishlar berish maqsadida ko‘plab uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Uchrashuvlar joylardagi FHDYo (fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish) bo‘limlarida yosh oila quruvchilar bilan olib borilib, ular tobora takomillashib, sermazmunlik kasb etib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Oila muqaddasligi, mas’uliyati, er-xotin vazifasi, burch va majburiyatlari haqidagi nikoh rishtasining mustahkamligini ta’minlovchi nasihatlar bilan boshlangan 5-dekabrdagi uchrashuvda yoshlarning dunyoqarashi, qarshisida turgan hayotining yangi bosqichi bo‘yicha tasavvuri o‘rganildi.
Yoshlarning aksariyati dabdaba tarafdori emas va imkon qadar ota-onalariga yengillik bo‘lishini istashini ma’lum qilgan.
Bulung‘ur tumani FHDYo bo‘limidagi suhbat davomida kollej talabalari tomonidan qaynona-kelin munosabatlariga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi.
Izoh (0)