Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengashining “Respublika — Ata Jurt” fraksiyasi deputati Umbetali Kidiraliyev Yaponiyadan 2014-yilda olib kirilgan radiatsiya foni yuqori bo‘lgan avtomobillar masalasini ko‘tardi, deb yozadi KNews.
Parlamentariyning so‘zlariga qaraganda, unga 150 ga yaqin fuqaro ushbu masalani hal qilish iltimosi bilan murojaat qilgan.
“Avtomobillar 2014-yilda kiritilgan, biroq ular ‘Shimoliy’ bojxona postidan ichkariga kiritilmagan. Respublika hukumatining 2016-yil 21-noyabrdagi topshirig‘iga binoan bu masala bir oy muddatda hal etilishi lozim edi, biroq muammo hozirga qadar cho‘zilib kelmoqda”, — deydi u.
Bundan tashqari, Kidiraliyev bu avtomobillar qanday qiymatda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi lozimligiga qiziqish bildirdi.
“2014-yilda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish ming dollar edi, Yevropa iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilgandan keyin qiymat 4—5 ming dollarni tashkil etmoqda. Ularni qanday narxda rasmiylashtirish kerak?” — qiziqdi deputat.
Izoh (0)