Fransiyalik mashhur xonanda Jonni Xollidey 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Letitsiya ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
Xonanda bir yilga yaqin saraton kasalligi bilan kurashdi. OAV kimyoviy terapiya uning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani va holati og‘irlashganini bildirgandi.
Jonni Xollidey (haqiqiy ismi-sharifi — Jan-Filipp Leo Smet) 1943-yil, 15-iyunda Parijda dunyoga kelgan. U 15 million muxlisni to‘plagan 400 dan ortiq konsert safarlarini o‘tkazdi. 2005-yilga kelib 80 millionga yaqin diski sotildi, 18 ta albomi platinali maqomga ega bo‘ldi.
U “Maxluq”, “Paparatssi”, “Fransuzcha talonchilik”, “Pushti pantera” kabi ko‘plab filmlarda suratga tushgan va musiqa bastalagandi.
1997-yilda Fransiya prezidenti Jak Shirak Xollideyga Faxriy legion ordenini topshirgandi.
Izoh (0)